Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Oltin to‘p-2025" taqdirlash marosimining sanasi va joyi e’lon qilindi

"Oltin to‘p-2025" taqdirlash marosimining sanasi va joyi e’lon qilindi

Jahon futbolidagi eng nufuzli mukofotni topshirish marosimi 22 sentyabr kuni Parijdagi muhtasham Shatle teatrida o‘tkaziladi.

"Oltin to‘p" o‘tgan yili e’lon qilinganidek, UYEFA hamda France Football va L’Équipe mediakompaniyalariga egalik qiluvchi Groupe Amaury o‘rtasidagi hamkorlik doirasida o‘tkazilmoqda. "Oltin to‘p" mukofoti 1956 yildan buyon har yili France Football tomonidan topshiriladi va futbolchining ajoyib yutuqlari hamda noyob iste’dodini e’tirof etish uchun beriladigan eng nufuzli mukofot hisoblanadi.

Fransiya poytaxtida o‘tkaziladigan marosimda 2024/25 yilgi mavsum bo‘yicha quyidagi mukofotlar topshiriladi:

erkaklar uchun "Oltin to‘p", ayollar uchun "Oltin to‘p", Kopa sovrini (21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi erkak va ayol futbolchilarga), Yashin sovrini (erkaklar va ayollar futbolidagi eng yaxshi darvozabonga), Gerd Myuller sovrini (erkaklar va ayollar futbolidagi mavsumning eng yaxshi to‘purariga), Yoxan Kroyf sovrini (erkaklar va ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiylarga), shuningdek, L’Équipe va Peace and Sport tashkilotlari tomonidan hamjihatlik harakatlari yoki ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani uchun futbolchilarga beriladigan Sokrates mukofoti.

Ushbu mavsum mukofotlari uchun nomzodlar 6 avgust kuni e’lon qilinadi.

Kiritildi: 19:18 19.05.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!