Bugun oltin quymalari narxi 2,5 foizga oshib, 1 gr uchun 2 mln 173 ming so‘mgacha chiqdi. 100 gr quyma 217,3 mln so‘mda sotilmoqda.
Natijada 29 yanvardagi eng yuqori ko‘rsatkich yangilandi. O‘shanda oltinning global narxi ham tarixiy rekord o‘rnatgandi
Banklarda ham oltin quymalari soni ancha kam qolgan (https://cbu.uz/oz/banknotes-coins/gold-bars/balance/). Hozirda Toshkent bo‘ylab faqat “Xalq Banki”ning Yakkasaroy filialida oltin quymalarini yetarlicha topish mumkin.
Bir necha hafta avval poytaxtdagi ko‘plab banklarda oltin quymalarini topish mumkin edi.
Quymalar deyarli qolmaganini aholining oltinga bo‘lgan talabi qanchalik yuqori bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Jahonda oltin narxi hozircha rekordni yangilagani yo‘q. Aksincha, kechadan beri narx 5 400 dollar atrofidan 5 300 dollar atrofiga tushdi.
Biroq, Erondagi vaziyat keskinlashishda davom etsa, narx tez orada tarixiy rekord ko‘rsatkichlarga chiqishi mumkin.