Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Oltiariq tumanida plastik kartadan aldov yo‘li bilan pul yechib olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Oltiariq tumanida plastik kartadan aldov yo‘li bilan pul yechib olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Fuqaro T.D. IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 10 mart kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, plastik kartasiga pul o‘tkazib berishini aytib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasini xos raqamini qo‘lga kiritib, plastik kartasida bo‘lgan jami 929.625 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.J. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:13 04.09.2022. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!