Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Olmaotadagi halokatga uchragan vertolyot ekipajining uchinchi a’zosining jasadi topildi

Olmaotadagi halokatga uchragan vertolyot ekipajining uchinchi a’zosining jasadi topildi

Bugun EC-145 vertolyot ekipajining uchinchi a’zosi, komandir yordamchisi kapitan Aman Amangeldining jasadi topildi.

Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u tajribali uchuvchi bo‘lgan, murakkab ob-havo sharoitida bir necha bor parvozlarni amalga oshirgan, turli miqyosdagi mashqlar va operasiyalarda qatnashgan.

10 avgust kuni suv osti qidiruvi chog‘ida ekipaj komandiri mayor Nurjigit Uysinboyevning, 11 avgust kuni aviasiya eskadroni aviasiya bo‘linmasi borttexniki kapitan Baxtiyar Erjigitovning jasadi topildi va shaxsi aniqlandi.

"Uchchalasi ham Havo hujumidan mudofaa kuchlari Harbiy instituti bitiruvchilari edi”, — deyiladi boshqarmada.

Akvatoriya va unga tutash hududni o‘rganish bo‘yicha qidiruv ishlari davom etmoqda. Vertolyot parchalarini aniqlash va ko‘tarish ishlari olib borilmoqda. Halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 iyul kuni Olmaota viloyatida harbiy EC-145 vertolyoti g‘oyib bo‘lgan edi.

Kiritildi: 14:30 12.08.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!