Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Olmaliqda er xotinini tosh bilan urib o‘ldirdi

A A A
Olmaliqda er xotinini tosh bilan urib o‘ldirdi

Toshkent viloyatida ayolini o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishiicha, voqea 2025 yil fevral oyida Olmaliq shahrida yuz bergan. Oilaviy kelishmovchilik va rashk zaminida er-xotin o‘rtasida kelib chiqqan janjal fojia bilan tugagan. Ayol tosh bilan urib o‘ldirilgan.

Sud jarayonida marhumaning ikki farzandi yetim qolganligi ta’kidlandi. Onasining ko‘rsatmasiga ko‘ra, kuyov tomonidan asossiz tuhmat va bosimlar ham bo‘lgan.

Ayblanuvchi sud majlisida onlayn tarzda qatnashib, qilgan jinoyatini tan oldi, pushaymonligini bildirib, marhumning yaqinlaridan kechirim so‘radi.

Sud uni Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq aybdor deb topdi va 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm chiqardi.

Kiritildi: 22:55 27.08.2025. O'qildi: 3155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!