Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Olmaliqda byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

Olmaliqda byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

Olmaliqda byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Olmaliq shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktorining o‘rinbosari va metodisti, xizmat safari hujjatlarini soxtalashtirish orqali o‘zlarining shaxsiy plastik kartalariga 87,2  mln so‘m pullarni elektron to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan JKning 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 08:23 05.11.2019. O'qildi: 2418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!