Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

“Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi

“Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yilidan:

oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi;

o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bundan tashqari, yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega va umummilliy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Shuningdek, yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uyg‘otish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Yashil tashabbuslar”ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Mazkur jamg‘arma 10 milliard so‘mgacha miqdorda shakllantiriladi.

Kiritildi: 18:09 28.03.2025. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!