Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Olimlar: 2026 yil yozi Yevropada issiqlik tufayli eng ko‘p o‘lim qayd etilgan davr bo‘ldi

Olimlar: 2026 yil yozi Yevropada issiqlik tufayli eng ko‘p o‘lim qayd etilgan davr bo‘ldi

2026 yil yozi Yevropada ekstremal issiqlik oqibatida eng ko‘p inson halok bo‘lgan davr sifatida XXI asr tarixiga kirgan bo‘lishi mumkin.

Politico nashri Nature Health ilmiy jurnalida e’lon qilingan ikkita tadqiqot natijalariga tayanib, yoz davomida qit’ada jazirama sabab 50 mingdan ortiq odam vafot etganini xabar qildi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu o‘lim holatlarining taxminan uchdan ikki qismi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Tadqiqotchilar 2026 yil yozidagi issiqlikning inson salomatligiga ta’sirini baholab, so‘nggi mavsumni Yevropada XXI asr davomida jazirama tufayli eng ko‘p o‘lim kuzatilgan yoz deb hisoblamoqda.

Ilmiy izlanishlar qit’aning turli hududlarida joylashgan qariyb 850 ta shaharni qamrab olgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, keltirilgan raqamlar yakuniy bo‘lmasligi mumkin. Chunki hisob-kitoblarda asosan shaharlar qamrab olingan bo‘lib, qishloq hududlaridagi o‘lim holatlari ham qo‘shilsa, qurbonlarning umumiy soni yanada yuqori bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Kiritildi: 11:14 23.10.2026. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!