Xerson viloyatining Rossiya nazoratidagi Oleshki shahrida aholi oziq-ovqat tanqisligidan qiynalmoqda. Shaharga so‘nggi marta oziq-ovqat yetkazib berish 26 may kuni amalga oshirilgan. Tinch aholini evakuasiya qilish urinishlari esa hozircha natija bermagan.
🥖 Oziq-ovqat sotib olish uchun odamlar qo‘shni aholi punktlariga borishga majbur. Dronlar odamlar guruhining yo‘lga chiqqanini tasvirga olgan: ayrimlari piyoda, boshqalari velosipedda, yana kimdir aravacha olib yo‘lga chiqqan.
⚠️ Oleshkilik bir ayolning BILD nashriga aytishicha, yo‘lda odamlar oyoq ostiga ham, osmonga ham doimo e’tiborli bo‘lishi kerak. Minalar, dronlar va kassetali o‘q-dorilar bilan hujumlar xavfi doimiy ekan.
🚲 Radenskkacha velosipedda borish — bir tomonga taxminan 20 km — 1,5–2 soat davom etadi. Oziq-ovqat bilan qaytish esa jismoniy holatga qarab 3–6 soatga cho‘zilishi mumkin.
🇺🇦 Ukraina armiyasi ikkinchi marta dronlar yordamida aholiga oziq-ovqat solingan paketlarni tashlab berishga muvaffaq bo‘lgan.
Biroq xabarda ta’kidlanishicha, Oleshkida ochlikdan qiynalayotgan aholi evakuasiyasiz qishni omon o‘tkazishi qiyin.