Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Okeandagi plastik chiqindilarni “eydigan” bakteriya yaratildi

Okeandagi plastik chiqindilarni “eydigan” bakteriya yaratildi

Shimoliy Karolina universitetining amerikalik olimlari tomonidan okeandagi plastik chiqindilarni parchalashga qodir genetik jihatdan o‘zgartirilgan bakteriya yaratildi.

Tadqiqotchilarning fikricha, yangi mikroorganizm Tinch okeanining katta chiqindi uyumiga qarshi kurashishda yordam beradi.

Olimlar tajriba uchun ikki turdagi bakteriyalardan foydalanishdi. Birinchisi – Vibrio natriegens – sho‘r suvda o‘zini yaxshi his qilishi va tez ko‘payishi bilan ajralib turadi. Ikkinchisi, Ideonella sakaiensis – plastikni parchalaydigan fermentlarni ishlab chiqarishi mumkin.

Biomuhandislar bu xususiyatlarni birlashtirib, yangi mikroorganizmni yaratishdi. Buning uchun ular Ideonella sakaiensisdan plastikni parchalanishiga imkon beruvchi genetik vositalarni olib, ularni avtonom replikasiyaga qodir bo‘lgan plazmid – DNK molekulasiga joylashtirishdi. Keyinchalik genlar bilan plazmid Vibrio natriegens hujayrasiga joylashtirildi.

Natijada polietilentereftalatni selsiy bo‘yicha plyus 30 daraja issiqda sho‘r suvda parchalash qobiliyatiga ega genetik jihatdan o‘zgartirilgan bakteriya hosil bo‘ldi. Olimlar tadqiqotning navbatdagi bosqichida plastikning parchalanishi natijasida kimyo sanoatida foydalanish imkonini beruvchi mahsulot olishmoqchi.

Tinch okeanining katta chiqindi uyumi dunyodagi eng katta okean plastiklari chiqindilari yig‘ilgan joy. Uning maydoni 1,6 million kvadrat kilometrga yetadi – bu Fransiya maydonidan uch baravar katta, deb xabar beradi mir24.tv.

Kiritildi: 22:15 20.09.2023. O'qildi: 1552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!