Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Og‘ir atletika. Jahon chempioni Akbar Jo‘rayev Prezidentdan BYD avtomobili va 15 ming dollar mukofot oldi

Og‘ir atletika. Jahon chempioni Akbar Jo‘rayev Prezidentdan BYD avtomobili va 15 ming dollar mukofot oldi

Og‘ir atletika bo‘yicha uch karra jahon chempioni Akbar Jo‘rayev Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi — unga BYD avtomobili hamda 15 ming AQSh dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti topshirildi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Jo‘rayev yaqinda Norvegiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida 110 kilogrammgacha vazn toifasida g‘olib chiqdi. Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 196 kilogramm bilan jahon rekordini o‘rnatdi. Shuningdek, u siltab ko‘tarishda 232 kilo toshni o‘ziga bo‘ysindi. Ikki kurash natijasiga ko‘ra Akbar 428 kg natija bilan jahon rekordini yangiladi. Shu tariqa, Jo‘rayev Jahon chempionatida 3 ta oltin medal bilan qaytdi.

Bu sportchining jahon chempionatlaridagi uchinchi “oltin” medali bo‘ldi. Avval u 2021 yilda Toshkentda va 2023 yilda Ar-Riyodda jahon chempioni bo‘lgan.

Norvegiyada O‘zbekistonlik yana bir sportchi — Ruslan Nuriddinov ham muvaffaqiyat qozondi, u ikki bronza medalni qo‘lga kiritdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Nuriddinov va terma jamoa murabbiyi Bahrom Mendiboyevga ham pul mukofotlari topshirilgan — mos ravishda 3,75 ming va 7 ming AQSh dollari.

Kiritildi: Bugun 11:03. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!