Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Odiljon Hamrobekov: "Eronda Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz"

Odiljon Hamrobekov: "Eronda Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz"

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qirg‘iz Respublikasiga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘yin haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Bizni stadiondan qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Yana bir muhim bahsni g‘alaba bilan yakunlab oldik. Yana bir qadam qoldi, xolos. Eronda Jahon chempionatini yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

O‘yindagi hisob bizni qoniqtirayotgan edi. Shuningdek, raqib darvozaboni juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Noaniq amalga oshirilgan penalti bizga ta’sir o‘tkazgani yo‘q. Terma jamoada aytarli o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Hozir o‘zgarishlar qilish uchun vaqt yo‘q. Srechko Katanesning yordamchilari Timur Kapadze bilan birga ishlamoqda" - dedi Odiljon Hamrobekov Qirg‘iz Respublikasi mag‘lub etilganidan so‘ng.

Kiritildi: 14:10 21.03.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!