Mazkur masala Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilmoqda.
Octobank’ka ko‘ra, Humans shartnomaviy majburiyatlarni muntazam buzgani va xizmatlar uchun haq to‘lamay kelgani sababli, 13 iyun soat 18:00 dan boshlab Octobank ushbu hamkorlikni to‘xtatdi.
Shuningdek, bank kobrend kartalardagi pullar Humans’ning moliyaviy servisidagi foydalanuvchi hisoblariga o‘tkazilgani sababli, ularni qaytarib olish uchun aynan Humans’ga murojaat qilish lozimligini ta’kidladi.