Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShning Eronga qarshi operasiyasini kim boshqaradi? General “Gorilla” haqida nimalar ma’lum?

AQShning Eronga qarshi operasiyasini kim boshqaradi? General “Gorilla” haqida nimalar ma’lum?

Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga hujum qilish qarorini qabul qilsa, aviahujumlarni boshqarish generali “Gorilla” laqabi bilan mashhur bo‘lgan Maykl Kurillaga topshiriladi.

U AQSh Qurolli Kuchlarining Markaziy qo‘mondoni (CENTCOM) xodimi bo‘lib, Yaqin Sharq uchun mas’ul. Qurillaga mudofaa vaziri Pit Xegset to‘liq ishonadi va u prezident yig‘ilishlarida ham e’tiborga sazovor bo‘lgan.

U mintaqaga qo‘shimcha kuchlar yuborgan, shu jumladan USS Nimitz avianoschisi boshchiligidagi flotiliyani, shuningdek F-22, F-35 va F-16 qiruvchi samolyotlar hamda bombardiruvchilarni joylashtirgan. Bu qarorni u AQSh Qo‘shma shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Den Keynning ehtiyotkorroq yondashuviga qaramay amalga oshirgan.

General Kurilla Iroq, Afg‘oniston va Suriya urushlarida ishtirok etgan. 2005 yili Iroqning Mosul shahriga hujumda ishtirok etib, uch marta jarohatlangan, ammo kurashni davom ettirgan. U bir necha bor “Bronza yulduzi” medaliga sazovor bo‘lgan. Maykl Kurilla Yaqin Sharq vaziyatini yaxshi biladi va Isroil hamda Eron o‘rtasidagi mojaroni yaxshi tushunadi.

Kiritildi: 11:32 21.06.2025. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!