Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

OCHL-2. "Nasaf" 0:2 hisobini 3:2 ga aylantirib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

OCHL-2. "Nasaf" 0:2 hisobini 3:2 ga aylantirib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Qarshining "Nasaf" klubi Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 4-tur doirasida Kuvaytning "Kuvayt SK" jamoasini safarda 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Vaholanki, uchrashuv qarshiliklar uchun omadsiz boshlangandi. Mezbonlar 31-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, kuvaytliklar yana bir bor darvozani ishg‘ol qilib, tanaffusga ikki to‘plik ustunlik bilan chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda esa maydondagi vaziyat butunlay o‘zgardi. "Nasaf" 57-daqiqada Bobir Abdixoliqovning goli bilan farqni qisqartirdi. 67-daqiqada tashkil etilgan tezkor qarshi hujum esa hisobni tenglashtirdi — 2:2.

Qarshiliklar bu bilan cheklanib qolmadi. 81-daqiqada Yusuf Otubanjoning zarbasidan keyin darvozabondan qaytgan to‘pni Oybek Rustamov darvozaga joylab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, "Nasaf" birinchi bo‘limdagi ikki gollik mag‘lubiyatdan keyin vaziyatni o‘nglab, Kuvaytdan uch ochko bilan qaytmoqda. Bu qarshiliklarning joriy mavsumdagi OCHL-2 guruh bosqichida qo‘lga kiritgan ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Kiritildi: 23:35 04.11.2026. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik