Rossiyaga ishlash uchun kelgan chet elliklarning migrasiya qonunlarini buzganliklari uchun javobgarligini kuchaytiruvchi qonun kuchga kirdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migrasiya xizmati xabar berdi.
Normalar 2026 yil 3 noyabrda kuchga kirdi. Jinoyat-prosessual kodeksining jarimalardan tashqari ma’muriy deportasiyani nazarda tutuvchi moddalari soni 22 tadan 45 tagacha ko‘paydi.
Xususan:
— davlat chegarasini qo‘riqlayotgan polisiya xodimi yoki harbiy xizmatchining talablariga rioya qilmaslik;
— mayda bezorilik va jamoat tartibini buzish;
— ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini buzish;
— internetda inson qadr-qimmati va jamoat axloqini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatish;
— jinsi, irqi, millati, tili, yoshi, diniy mansubligi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha kamsitish;
— nasistlar va ekstremistik ramzlarni targ‘ib qilish, ekstremistik materiallarni tarqatish;
— favqulodda holat, terrorizmga qarshi operasiya yoki harbiy holatni buzish.
Bundan tashqari, deportasiyani boshqa jazo turi bilan almashtirib bo‘lmaydigan jinoyatlar ro‘yxati kengaytirildi. Xususan, unga giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar ham kiradi.
Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Rossiyaga kelganlar qonunga rioya qilishlari, rus tilini bilishlari va mamlakat madaniyati va an’analarini hurmat qilishlari kerakligini ta’kidladi. Ushbu choralar jamoat xavfsizligini oshirish va migrasiya sohasida tartib o‘rnatishga qaratilgan.