Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

OCHL-2. «Kuvayt SK» — «Nasaf» uchrashuvida jamoalarning qanday formada o‘ynashi aniq bo‘ldi

OCHL-2. «Kuvayt SK» — «Nasaf» uchrashuvida jamoalarning qanday formada o‘ynashi aniq bo‘ldi

Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasining 2026/27 yilgi mavsumi 4-turidan o‘rin olgan «Kuvayt SK» — «Nasaf» uchrashuvi oldidan tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kuvayt futbol assosiasiyasida o‘tkazilgan yig‘ilishda musobaqa rasmiylari hamda har ikki jamoa vakillari ishtirok etdi.

Unda ertangi bahsga oid tashkiliy masalalar muhokama qilinib, jamoalarning uchrashuvda qanday liboslarda harakatlanishi belgilab olindi. Kelishuvga ko‘ra, «Kuvayt SK» ertaga oq libosda maydonga tushsa, «Nasaf» qizil libosda harakat qiladi.

Kiritildi: 23:57 03.11.2026. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!