Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Obama Trampning Oq uydagi oltin bezaklarini Saddam Husayn restoraniga o‘xshatdi

Obama Trampning Oq uydagi oltin bezaklarini Saddam Husayn restoraniga o‘xshatdi

AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama va Bill Klinton Donald Tramp tashabbusi bilan Oq uy interyerida malga oshirilgan o‘zgarishlarni hazilomuz tanqid qildi. Barak Obama, ayniqsa, Oval kabinetda oltina bezaklar haddan tashqari ko‘pligini ta’kidladi.

«Bu qadar ko‘p oltinning nima keragi bor? Oq uy Saddam Husayn “Chizkeyk Fektori” restoranini ochgandek ko‘rinadi», — deya hazil qildi Obama. U prezident qarorgohining bezaklarini AQShdagi hashamatli interyeri bilan tanilgan restoranlar tarmog‘iga qiyosladi.

Donald Tramp esa saylovoldi chiqishlaridan birida bu tanqidga javob berdi. U Obamaning gaplariga qariyb yetti daqiqa vaqt ajratib, tarixiy binoga tartib berishni o‘z burchi deb bilishini aytdi. Prezident ta’mirlash ishlari o‘z qobiliyatlari tufayli tez amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Trampning aytishicha, Obama ma’muriyatidan keyin Oq uy «achinarli ahvolda» bo‘lgan.

The New York Times nashri hisob-kitobiga ko‘ra, hozir Oval kabinet devorlari, eshiklari, shiftlari va bezak elementlari yuzasining taxminan 33 foizi oltin tusli bezaklar bilan qoplangan. Xonada, jumladan, yirik oltinrang ramkalardagi 24 ta prezident portreti, zarhal haykalchalar, guldonlar va 24 karatli yupqa oltin barglardan tayyorlangan bezaklar paydo bo‘lgan.

Tramp ichki bezaklarni yangilashdan tashqari, Oq uy hududida bir qator yirik qurilish loyihalarini ham boshlagan. Ular qatoriga yangi bal zali, granitdan qurilgan vertolyot maydonchasi, zafar arkasi va golf maydoni kiradi.

Kiritildi: 19:17 29.10.2026. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!