Bugun BAA poytaxti Abu-Dabida dzyudo bo‘yicha navbatdagi «Katta dubulg‘a» turniri start oladi.
59 mamlakatdan 400 nafarga yaqin sportchi qatnashadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi.
Erkaklar:
60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
66 kg: Dilshodbek Hamroyev
73 kg: Zamoxshari Bekmurodov
90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov, Umar Bozorov
100 kg: To‘lqinbek Turdiyev
Ayollar:
48 kg: Ulbo‘sin Hakimova
52 kg: Sita Qadamboyeva, Diyora Keldiyorova
70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva, Shirinjon Yo‘ldosheva
78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
Musobaqaning ilk kunida erkaklar -60 va -66 kg, ayollar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.