Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

OAV: 10 mingdan oshiq g‘azolikning jasadi vayronalar tagida qolmoqda

OAV: 10 mingdan oshiq g‘azolikning jasadi vayronalar tagida qolmoqda

Qatarning Al-Jazira telekanaliga ko‘ra, G‘azo sektoridagi Isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan turar-joy binolari vayronalari ostida 10 mingga yaqin falastinliklarning jasadi qolmoqda.

G‘azo fuqarolik mudofaasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, birgina G‘azo shahridagi 4000 ga yaqin aholining jasadi haligacha topilmagan. Uning ta’kidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatishga qaramay, jasadlarni olib chiqish uchun maxsus jihozlar zarur.

6 oktyabr kuni Isroil va Falastinning HAMAS harakati delegasiyalari Misr, Qatar, AQSh va Turkiya vositachiligida G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha bilvosita muzokaralarni davom ettirdi. 9 oktyabr kuni mojaro tomonlari AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari taqdim etgan tinchlik rejasining birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 10 oktyabr kuni kuchga kirdi.

19 oktyabr kuni Isroil armiyasi G‘azo janubidagi Rafah shahri yaqinida isroillik qo‘shinlari o‘qqa tutilgan voqea haqida xabar berib, HAMAS tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganini e’lon qildi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda HAMASni aybladi va Qurolli kuchlarga harakatga qarshi chora ko‘rishni buyurdi. HAMAS vakillari Rafahdagi voqeaga aloqasi borligini rad etdi.

Kiritildi: 23:03 20.10.2025. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!