Angliya liga kubogi finalida "Liverpul" va "Nyukasl Yunayted" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuv London shahridagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tdi. Eddi Xau shogirdlari mazkur o‘yinda sensasion ravishda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, sovringa ega chiqishdi.
Uchrashuvdagi birinchi gol 45-daqiqada kiritildi, uni "Nyukasl" himoyachisi Den Byorn urdi. 53-daqiqada shvesiyalik hujumchi Aleksander Isak jamoasining ustunligini oshirdi.
90+4-daqiqada "Liverpul" hujumchisi Federiko Kyeza bir gol qaytardi. O‘yinga qo‘shib berilgan 12-daqiqagacha davom etdi. Ammo "Liverpul" hisobni tenglashtira olmadi.
Shu tariqa, "Nyukasl" mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Yarim final bosqichida "Liverpul" "Tottenxem"ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi. "Nyukasl" esa "Arsenal"ni 4:0 hisobida yengib, finalga yo‘l olgandi.
Angliya liga kubogi. Final
16 mart 2025, yakshanba. "Uembli" stadioni, London
"Liverpul" – "Nyukasl Yunayted" 1:2
Gollar: 0:1 – Byorn (45'), 0:2 – Isak (53'), 1:2 – Kyeza (90+4')
"Liverpul": Kellexer, Robertson, van Deyk, Konate, Kuansa, Mak Allister, Gravenberx, Dias, Soboslai, Salax, Diogu Jota, Alisson, Simikas, Elliot, Endo, Jons, Makkonnell, Kyeza, Gakpo, Nunyes
"Nyukasl": Poup, Livramento, Bern, Sher, Trippyer, Tonali, Bruno Gimaraes, Joelinton, Barns, Merfi, Isak, Dubravka, Kraft, Targett, Longstaff, Mayli, Uillok, Sean Thoms Neave, Osula, Uilson