"Nyukasl" ustozi sog‘lig‘i tufayli "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Jamoalar APLning 32-turida to‘qnash kelishadi. O‘yin bugun, 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.
"Qarg‘alar" jamoa bosh murabbiyi Eddi Hau juma kuni kechqurun kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. U bir necha kun davomida o‘zini yomon his qildi. Hozir tekshiruvlar ketyapti.
"Nyukasl"ni yaqinlashib kelayotgan o‘yinda Jeyson Tindoll va Grem Jons boshqaradi.