Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Nyu-Yorkda uch qavatli bino to‘liq qulab tushdi: halok bo‘lganlar bor

Nyu-Yorkda uch qavatli bino to‘liq qulab tushdi: halok bo‘lganlar bor

Nyu-Yorkda bino qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki nafarga yetdi.

Nyu-Yorkning Bruklin hududidagi Fletbush tumanida uch qavatli bino qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 17 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar orasida yetti nafar bola ham bor. Bu haqda Nyu-York yong‘in xavfsizligi departamenti komissari Lilian Bonsinyore matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida jami 19 kishi jabrlangan, ular orasida yengil tan jarohati olgan bir nafar o‘t o‘chiruvchi ham bor. Jabrlanganlardan 12 nafari barqaror holatda, to‘rt nafari esa og‘ir ahvolda.

Nyu-York yong‘in xizmati rahbari Jon Espozito qidiruv-qutqaruv ishlari va vayronalarni tozalash bir necha kun davom etishi mumkinligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, bino konstruksiyasining beqarorligi va qo‘shni binoning ham qulab tushish xavfi ishlarni qiyinlashtirmoqda.

Espozito vaziyat o‘ta beqaror ekanini ta’kidlab, hudud to‘liq tekshirilib, vayronalar ostida boshqa jabrlanganlar bor-yo‘qligi aniqlanmaguncha qutqaruvchilar voqea joyida qolishini aytgan.

Kiritildi: 13:15 12.11.2026. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik