Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

NYT: Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida siljish yo‘q, Kiyev AQSh yordamisiz uzoq muddatli urushga tayyorlanmoqda

NYT: Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida siljish yo‘q, Kiyev AQSh yordamisiz uzoq muddatli urushga tayyorlanmoqda

Nashrning xabar berishicha, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik jarayoni to‘xtab qolgan. Manbalarga ko‘ra, Kiyev Tramp ma’muriyatini Vashingtonning Moskvaga nisbatan bosimi sustligi va aksincha, Ukrainaga ko‘proq bosim o‘tkazayotganini bildirmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordamni 99 foizga qisqartirgan, Yevropa esa Kiyevning asosiy homiysiga aylangan.

"Ukraina o‘zining harbiy-sanoat majmuasini rivojlantirishi hisobiga AQShga qaramlikni kamaytirdi. Kiyev frontdagi dronlarning asosiy qismini mustaqil ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari, Ukrainaning dronga qarshi vositalari Rossiya dronlarining 60 foizdan ortig‘ini urib tushirmoqda", deb yozadi nashr.

Shunga qaramay, Ukraina hamon Qo‘shma Shtatlarning Patriot havo mudofaa tizimlari va sun’iy yo‘ldosh orqali olinadigan razvedka ma’lumotlariga muhtojligicha qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:39. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!