Litva va Polsha o‘z hududida 5000 nafargacha AQSh harbiylarini joylashtirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Bu haqda Gitanas Nauseda va Karol Navroskiy bayonot bergan.
Ularning ta’kidlashicha, Germaniyadan chiqarilishi mumkin bo‘lgan Amerika qo‘shinlarini Yevropada saqlab qolish muhim ahamiyatga ega.
“Biz ularni va imkon qadar ko‘proq ittifoqchilarni qabul qilishga tayyormiz”, — deya ta’kidladi Litva rahbari.
Ma’lum qilinishicha, bu qadam Yevropa xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.