Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Iker Kasilyas "Real"da "Barselona"ning qaysi futbolchisini ko‘rishni istashini aytdi

Iker Kasilyas "Real"da "Barselona"ning qaysi futbolchisini ko‘rishni istashini aytdi

"Real" sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "Barselona"ning qaysi futbolchisini "qirollik klubi" tarkibida ko‘rishni istashi haqidagi savolga javob berdi.

"Barselona"ning qaysi o‘yinchisini "Real"ga taklif qilgan bo‘lardim? Bu — Pedri", — deya Kasilyasning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Barca Universal.

Ma’lumot uchun, Pedri 2019 yilda "Las-Palmas"dan 23 million yevro evaziga "Barselona" safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 may kuni Ispaniya chempionati doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Real"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (11 mayga o‘tar kechasi) boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 23:42 10.05.2026. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!