Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Nvidia sobiq rahbari Kongressda Xitoy bilan aloqalari yuzasidan ma’lumot beradi

Nvidia sobiq rahbari Kongressda Xitoy bilan aloqalari yuzasidan ma’lumot beradi

Nvidia kompaniyasining sobiq bosh direktori Jensen Xuang AQSh Kongressiga Xitoy fuqarosi bo‘lgan, josuslikda gumon qilinayotgan ayol bilan aloqalari va kompaniyaning xavfsizlik choralari haqida ma’lumot berishga rozi bo‘ldi. AQSh Kongressi Vakillar palatasi tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Brayan Mastning aytishicha, buning uchun uni majburiy chaqirish talab etilmaydi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Ayni paytda AQSh Bosh prokurori Todd Blansh Elis Xuangning Xitoy josusi ekani hali tasdiqlanmaganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Adliya vazirligi bu masala bo‘yicha tergov olib bormoqda va hozircha yakuniy xulosaga kelmagan.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, AQSh razvedka xizmatlari ham Elis Xuangning Xitoy hukumati bilan aloqalarini o‘rganmoqda.

Kiritildi: 13:55 13.11.2026. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik