Nvidia direktorlar kengashi kompaniya rahbari Jensen Xuangning Xitoy razvedkasi bilan ehtimoliy aloqalari yuzasidan mustaqil tekshiruv boshladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xuang xitoylik tadbirkor ayol Elis Xuan bilan intim munosabatda bo‘lganini tan olgan. AQSh maxsus xizmatlari ayolni Xitoy razvedkasi bilan hamkorlik qilganlikda gumon qilmoqda.
Xuang xodimlarga murojaatida rafiqasiga xiyonat qilganini tan olib, qilmishlari uchun “to‘liq javobgarlikni”o‘z zimmasiga olishini bildirgan.
Elis Xuan Nvidia’ning yirik mijozlaridan biri bo‘lgan Singapurning Megaspeed kompaniyasida rahbarlik lavozimida ishlagan. Kompaniya 2024 yil iyun oyidan buyon Nvidia’dan 4,8 milliard dollarlik chiplar xarid qilgan.
Direktorlar kengashi hozircha kompaniya sirlari oshkor etilgani yoki AQSh milliy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgani haqida dalillar yo‘qligini ma’lum qilgan.