Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Nvidia rahbari Jensen Huang Xitoy josusi deb gumon qilinayotgan ayol bilan romantik munosabatda bo‘lgan

Nvidia rahbari Jensen Huang Xitoy josusi deb gumon qilinayotgan ayol bilan romantik munosabatda bo‘lgan

Gap Singapurning Megaspeed kompaniyasi sobiq rahbar xodimi Alis Xuang haqida ketmoqda.

U Xitoy razvedkasi bilan hamkorlik qilgan va Pekinga AQSh eksportni cheklagan Nvidia chiplarini olishda yordam berganlikda gumonlanmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Axios ma’lum qilishicha, Nvidia rahbari Jensen Xuang xodimlariga Alis Xuang bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini tan olgan va oilasidan xiyonati uchun uzr so‘ragan.

Nvidia direktorlar kengashi mustaqil tekshiruv boshladi. Kompaniya hozircha maxfiy ma’lumotlar sizib chiqqani yoki AQSh milliy xavfsizligiga tahdid yetkazilganiga dalil yo‘qligini bildirgan.

Kiritildi: 15:12 09.11.2026. O'qildi: 1077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik