Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Nursulton Ro‘ziboyev o‘zbekistonlik MMA jangchilarini Octagon League'ni boykot qilishga chaqirdi

Nursulton Ro‘ziboyev o‘zbekistonlik MMA jangchilarini Octagon League'ni boykot qilishga chaqirdi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev hamyurtlarimizni MMA bo‘yicha Qozog‘istonning Octagon League tashkiloti o‘tkazadigan musobaqaqalarda ishtirok etmaslikka chorladi.

"Sportsnews.kz" tarqatgan xabarga ko‘ra, Ro‘ziboyev Instagram sahifasidagi jonli efir davomida sportchi va muxlislarga murojaat qilgan.

Nursulton Olma-Otada bo‘lib o‘tgan jangchilar o‘rtasidagi konferensiya oldidan sodir bo‘lgan janjal sabab bu qarorga kelgan. O‘sha konferensiya paytida qozog‘istonlik Erkebulan Toktar o‘zbekistonlik Odilxon Kamolov bilan tortishib qolib, to‘satdan unga shapaloq tushirgan. Ushbu hodisa aralash jang san’ati muxlislari va jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bu voqea rejalashtirilgan harakat bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Jumladan, tojikistonlik jangchi Kamil Karate ushbu voqelik Toktar va Kamolov o‘rtasidagi uchinchi jangga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun uyushtirilganini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:56 30.03.2025. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!