Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi navbatdagi g‘alabasi haqida gapirdi

Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi navbatdagi g‘alabasi haqida gapirdi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev Dastin Stolsfusga qarshi kechgan to‘qnashuvi haqida gapirdi.

"Jang reja bo‘yicha ketmadi, lekin yutganimdan xursandman. Birinchi raunddayoq hammasi o‘zgarib ketdi. Raqibim menga hech qanday syurpriz tayyorlamagan ekan. Faqat jangni qabul qilgan paytimda bitta xavfli zarbasi borligini payqagandim. Bilmadim, nimagadir o‘sha zarbaga to‘g‘ri kelib qoldim. Boshqa yangilik ko‘rmadim. Lekin zarbalarimni ko‘tardi", deydi Ro‘ziboyev.

19 may tongida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Nursulton Germaniya vakili Dastin Stolsfusni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 23:36 21.05.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!