Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Nursulton Ro‘ziboyev AQShlik raqibini yer tishlatdi

Nursulton Ro‘ziboyev AQShlik raqibini yer tishlatdi

AQShning Sietl shahrida UFC Fight Night musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Prelim kardning ikkinchi jangida o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro‘ziboyev oktagonga ko‘tarildi.

Unga amerikalik debyutant Erik Makkoniko raqiblik qildi.

O‘rta vazn toifasidagi 3 raundlik jang ikkinchi raundda muddatidan oldin yakuniga yetdi. Hamyurtimiz raqibini ketma-ket zarbalari orqali nokautga uchratdi.

Shunday qilib, Ro‘ziboyev UFC'dagi to‘rtinchi jangida uchinchi g‘alabasini nishonladi.

Kiritildi: 13:02 23.02.2025. O'qildi: 1683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!