Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 07 oktyabr kungi qaroriga asosan qarzdor “K.T.M.S” MCHJdan “Ipotekabank” ATB foydasiga 13,7 mlrd. so‘m undirish, undiruvni garovda qo‘yilgan ko‘p qavatli uydagi 36 ta xonadonga qaratish belgilangan.
Ushbu sud qarori bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, garovga qo‘yilgan 36 ta xonadonlar bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olinib, joriy yilning 22 yanvar kuni elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarib yuborilgan.