Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Noyabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 132,7 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan

Noyabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 132,7 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan

O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida so‘nggi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 289 ta holat aniqlandi.

💭 Unga ko‘ra, 26,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (50,4 mlrd so‘m) va 27,2 mln metr kub tabiiy gaz (82,3 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 132 milliard 752 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.

1️⃣ Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 518 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Kiritildi: Bugun 16:41. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!