Andayya orolida joylashgan va fyord manzarasi bilan mashhur bo‘lgan jamoat hojatxonasi harbiy xavfsizlik tufayli yopildi.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, oynali devorlar orqali yaqin atrofdagi aviabazani kuzatish imkoni mavjud bo‘lgan. Bu esa ehtimoliy josuslik xavfini kuchaytirgan.
Mazkur turistik majmua qurilishiga 2 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan edi. U “dunyodagi eng chiroyli hojatxonalardan biri” sifatida tanilgan.
Endi sayyohlar ushbu hudud manzarasini faqat tashqaridan tomosha qilishi mumkin.