Bosh prokuratura huzuridagi Chust tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R. fuqaro N.YU.dan 4 000 AQSh dollarini 50,8 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Sherobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.H. fuqaro A.D.ga 3 900 AQSh dollarini 330 000 Rossiya rubliga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.K. fuqaro N.T.ga 2 300 AQSh dollari va 90 000 Rossiya rublini 44 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.