Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Jennifer Lopes konsertiga bepul avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

A A A
Jennifer Lopes konsertiga bepul avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

Bugungi Jennifer Lopes konserti munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” tomonidan konsert ishtirokchilari uchun maxsus avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu avtobuslar orqali siz konsertga xavfsiz va o‘z vaqtida yetib borishingiz mumkin.

🔹 Avtobuslar quyidagi manzillardan harakatlanadi:

▪️ Siti Mol savdo-ko‘ngilochar majmuasi oldi maydoni
▪️ Hyatt Regency mehmonxonasi oldi maydoni
▪️ Humo Arena muz saroyi oldi maydoni

Harakat boshlanishi: soat 16:00 dan va bepul, avtobuslar to‘xtovsiz qatnovni amalga oshiradi.

Avtobuslarning old oynasida “Bunyodkor stadioni” degan yozuv bo‘ladi — aynan shu belgidan tanib olishingiz mumkin.

Konsert tugagach, ushbu avtobuslar sizni o‘zingiz chiqqan manzilga qayta olib keladi.

Kiritildi: 12:01 07.08.2025. O'qildi: 2105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!