AQShning Xitoyni Rossiya bilan hamkorlikdan bosh tortishga majburlash urinishi hech narsaga olib kelmaydi, dedi Xitoyning AQShdagi elchixonasi matbuot kotibi Lyu Pen’yuy. U bu haqda "RIA Novosti" agentligiga ma’lum qildi.
"Xitoy noqonuniy va adolatsiz bir tomonlama sanksiyalarga va AQShning uzoq qo‘li deb ataladigan kuchga qarshi doimo qat’iy e’tiroz bildirgan. Majburlash va bosim hech qayerga olib kelmaydi", - dedi yuqori martabali diplomat.
Bu uning AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan hamkorlik uchun Xitoyga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish ehtimoli haqidagi bayonotiga izoh berish so‘roviga javobi bo‘ldi.