Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Nogironlikni belgilash: Yangi tizim qachondan ishga tushiriladi?

Nogironlikni belgilash:  Yangi tizim qachondan ishga tushiriladi?

❌ Kasallik turi va bemorning holati bo‘yicha nogironlikni qancha muddatga, qaysi guruhga belgilash hamda reabilitasiya tadbirlarini aniqlashtirish haqida yagona standartlar mavjud bo‘lmaganligi va tizim raqamlashtirilmaganligi sabab nogironlikka doir xulosalarda va uni belgilashda xatoliklar mavjud bo‘lgan.

Yangi qaror bilan nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar ro‘yxati bo‘yicha nogironlikni yagona mezon (standartlar) asosida elektron belgilash imkoniyati yaratildi.

📆 Tizim dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025 yil 1 oktyabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida ishga tushiriladi.

🖥 Bunda bemorning ma’lumotlari asosida nogironlik guruhi va muddati, o‘zgalar parvarishiga, tibbiy reabilitasiyaga hamda protez moslamasi yoki reabilitasiya vositasiga muhtojligiga oid ma’lumotlar avtomatik ravishda inson omilisiz “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.

Kiritildi: 17:40 23.09.2025. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!