"Agar Rossiya urushni to‘xtatmasa, Kremlda ishlayotgan rasmiylar eng yaqin bombadan saqlanish boshpanalari qayerda joylashganini bilishlariga to‘g‘ri keladi", — dedi Ukraina prezidenti Axios portaliga bergan intervyusida.
Zelenskiy shuningdek, Tramp Kiyevga qurollar yetkazib berishni oshirish haqida “o‘ylab ko‘rishga” va’da berganini aytdi.
"Bu qurollar Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishi mumkin. Men AQSh prezidenti bilan seshanba kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan shaxsiy uchrashuvimizda ushbu masala yuzasidan gaplashdim", — dedi Ukraina yetakchisi.
Shuningdek, Zelenskiy Tramp Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududidagi energetika va harbiy ob’ektlarga zarbalarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
"Prezident Tramp, agar Rossiya bizning energetika infratuzilmamizga hujum qilsa, biz ularning energetika ob’ektlariga javob zarbalarini berishimizni qo‘llab-quvvatlaydi", — dedi Zelenskiy.