Toshkent shahridagi O‘rikzor bozorida sotilayotgan, Xitoyda ishlab chiqarilgan MOZERE brendi ostidagi soch quritish moslamasi (fen) mahsulotiga nisbatan nazorat xaridi o‘tkazildi. Laboratoriya tekshiruvlari natijasida mahsulotning belgilangan standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Salbiy oqibatlari:
* tok qarshiligini oshiradi;
* tok o‘tkazgichdan oqim o‘tganda sezilarli darajada qizib ketadi;
* izolyasiya haddan tashqari qizib ketadi;
* yonish va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin;
* uskunaning xizmat muddati qisqaradi.
Shuningdek, Marg‘ilon shahridagi TRZ bozorida sotilayotgan, Xitoyda ishlab chiqarilgan FABOL’AI brendi ostidagi 800 ml hajmdagi "Gel dlya dushi" mahsuloti bo‘yicha ham nazorat xaridi o‘tkazildi. Mahsulotdan olingan namuna laboratoriyada tekshirilib, uning standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan.
Salbiy oqibatlari:
* terining qichishi, qizarishi yoki allergik reaksiyalar;
* teri to‘qimalarining yallig‘lanishi;
* nafas yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi;
* terining tabiiy muvozanatini buzishi, bu esa bakterial yoki zamburug‘li kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, Navoiy shahridagi “STROOY” MCHJ savdo do‘konida ham mahsulotlarning standartlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida navbatdagi nazorat xaridlari o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar ularning ishlatilishi jarayonida iste’molchilar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Nazorat inspeksiyasi mutaxassislari iste’molchilarga bunday mahsulotlarni sotib olayotganda ularning sertifikatlari va xavfsizlik belgilariga e’tibor qaratishni, shuningdek, sifati shubhali asbob-uskunalardan foydalanmaslikni tavsiya etmoqda.
Hurmatli iste’molchilar, sifasiz mahsulotga duch kelsangiz, 1880 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.