Evropa Ittifoqining Doimiy Vakillar qo‘mitasidagi elchilari shu hafta Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketini muhokama qilishni boshlaydi.
Bu haqda EUObserver portali ma’lum qildi.
EUObserver nashriga ko‘ra, muhokama 26 sentyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadi.
19-paket doirasida Yevropa Komissiyasi Rossiya, Hindiston va Xitoy kompaniyalari uchun eksport nazoratini kuchaytirishni, shuningdek, ayrim kimyoviy moddalar, rudalar, metallar va tuzlarni eksport qilishni taqiqlashni taklif qiladi.
EK shuningdek, Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga yordam berganlikda ayblangan uchinchi davlat kompaniyalariga, jumladan, Xitoy kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni taklif qildi va Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimiga chet elda bir qator cheklov choralarini qo‘llashni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, YEK Rossiyaning "Rosneft" va "Gazprom Neft" kompaniyalari ishtirokidagi barcha operasiyalarni to‘liq taqiqlashni va Rossiya va boshqa mamlakatlardagi bir qator banklarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirishni taklif qildi.