Eron razvedkasi Isroil yadroviy va harbiy markazlari, shuningdek, olimlar va harbiy xizmatchilarning ism-shariflari haqida "ma’lumotlar xazinasiga" ega bo‘ldi.
Bu haqda Islom Respublikasi razvedka vaziri Ismoil Xatib Tasnim agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Mamlakatga olib kelingan "xazina"da Isroilga oid millionlab sahifalar xilma-xil va qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bu hujjatlarda rejimning avvalgi va hozirgi qurol loyihalari, eski yadroviy qurollarni modernizasiya qilish va qayta ishlash loyihalari, AQSh va bir qancha Yevropa davlatlari bilan qo‘shma loyihalar, shuningdek, ma’muriy tuzilma va yadroviy qurol ishlab chiqishda ishtirok etgan shaxslar haqida to‘liq ma’lumotlar mavjud", dedi u.