Belidan pastki qismi falaj bo‘lgan 33 yoshli germaniyalik Mixaela Bentxaus AQShning Blue Origin kompaniyasiga tegishli New Shepard kemasi missiyasi tarkibiga kiritilgandi. ekipaj tarkibiga Benthausdan tashqari, yana besh kishi bo‘lgan.
"20 dekabr kuni kosmik kema 65 mil (104,6 km) balandlikda, ya’ni Yer atmosferasi va koinot o‘rtasidagi shartli chegara hisoblangan Karman chizig‘idan biroz yuqoriroqda 11 daqiqa vaqt o‘tkazdi", deya xabar bermoqda nashr.
Mixaela Bentxaus 2018 yilda tog‘ velosipedida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisadan so‘ng orqa miyasidan jarohat olgan va o‘shandan beri nogironlar aravachasiga mixlangan.
Blue Origin tadbirkor Jeff Bezos tomonidan asos solingan va kosmik turizm bozorida chipta narxi 600 ming dollar bo‘lgan Virgin Galactic bilan raqobatlashadi. Hammasi bo‘lib New Shepard kemasida allaqachon 80 ga yaqin odam uchgan.