Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov tantanali tarzda kutib olindi

Nodirbek Abdusattorov tantanali tarzda kutib olindi

FIDE Freestyle Chess World Championship turnirida 3-o‘rinni egallab yurtimizga qaytgan shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Nodirbekni sport jamoatchiligi, mutasaddilar va muxlislar samimiy qutlashdi.

Nufuzli Jahon chempionatida Abdusattorov bronza medali bilan birga 2027 yilda o‘tkaziladigan navbatdagi Jahon birinchiligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi. Nodirbek 3-o‘rin uchun bahsda germaniyalik grossmester Vinsent Keymer ustidan g‘alaba qozondi.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!