Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Nodirbek Abdusattorov: «Men «Manchester Siti» muxlisiman, chunki ushbu klubda hamyurtim to‘p tepadi»

Nodirbek Abdusattorov: «Men «Manchester Siti» muxlisiman, chunki ushbu klubda hamyurtim to‘p tepadi»

O‘zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov qaysi futbol klubiga muxlislik qilishi haqida gapirdi. Shaxmatchi London Chess Classic–2025 turniri doirasida bergan intervyusida futbolni muntazam tomosha qilishini ta’kidlab, Angliyaning “Manchester Siti” klubini eng sevimli jamoasi sifatida tilga oldi.

— Biz hozir “Arsenal” stadionidamiz. Futbolga qiziqasizmi? Bunday joyda o‘ynash qanday taassurot qoldirdi?

— Bu yerning muhiti o‘zgacha. Avval faqat bir marta futbol stadionida, aniqrog‘i Eyndhovenda Magnusga qarshi o‘ynaganman. O‘sha bahs ham yaxshi taassurot qoldirgan. Umuman olganda, futbolni juda yaxshi ko‘raman, har hafta uchrashuvlarni tomosha qilib boraman. Sevimli klubim — “Manchester Siti”.

— Bunga hamyurtingiz o‘sha jamoada o‘ynayotgani sababmi?

— Ha, qisman shunday. O‘z yurtimdan chiqqan futbolchining bunday katta klubda to‘p tepayotgani meni juda quvontiradi. Shu sabab “Siti”ga muxlislik qilaman.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan London Chess Classic-2025 turnirida g‘alaba qozondi. Abdusattorov FIDE Jahon kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng 18,4 reyting ochkolarini yo‘qotgan bo‘lsa, London Chess Classic turniridagi g‘alabadan so‘ng reytinggini 18,7 ochkoga yaxshiladi va onlayn jadvalida 17-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Kiritildi: Bugun 16:02. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!