Fransiya poytaxtida o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha Freestyle Chess Grand Slam Paris turnirida chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Nodirbek Abdusattorov tajribali raqib Magnus Karlsenga qarshi dona surib, mag‘lubiyatga uchradi. Qora donalarda yutqazgan O‘zbekiston vakili oq donalarda durang qayd etdi.
Endi Abdusattorov 5-o‘rin uchun bahs olib boradi. Raqib — Maksim Vashe-Lagrav.