Nigeriyaning Ondo shtatida ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi jarohatlandi.
Yo‘l harakati xavfsizligi milliy tashkilotining Ondo davlat koordinatori Samuel Ibitoyening aytishicha, voqea Ore-Lagos yo‘lining Odigbo hududida sodir bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YTH oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 49 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan. Ibitoyening qayd etishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.
U baxtsiz hodisaga yuqori tezlik sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, haydovchilarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.