Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Niderlandiyada kuchli bo‘ron sababli 40 dan ortiq aviaqatnov bekor qilindi

Niderlandiyada kuchli bo‘ron sababli 40 dan ortiq aviaqatnov bekor qilindi

Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi mamlakat hududida kuzatilgan «Ostin» bo‘roni sababli 23 va 24 oktyabr kunlariga rejalashtirilgan 40 dan ortiq aviaqatnovni bekor qildi.

Reuters axborot agentligi xabar berishicha, bekor qilingan reyslar Amsterdamdagi Sxipxol aeroportidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan uchish va qo‘nish qatnovlariga taalluqli.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir va bo‘ronli shamol tufayli 23 oktyabr kuni aviakompaniyaning 20 ta reysi bekor qilingan. 24 oktyabr kuni esa yana 22 ta reys amalga oshirilmaydi.

Shu bilan birga, Sxipxol aeroporti matbuot xizmati ANP agentligiga ma’lum qilishicha, noqulay ob-havo sharoitining aeroport faoliyatiga ta’siri hozircha cheklanganligicha qolmoqda.

Aeroportning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan jadvalga ko‘ra, 23 oktyabr kuni KLM Amsterdamdan Jeneva, London va Bergen shaharlariga amalga oshirilishi rejalashtirilgan ayrim reyslarni bekor qilgan. Shuningdek, Varshava, Birmingem va Liondan Niderlandiya poytaxtiga yo‘naltirilgan reyslar ham bekor qilingan.

Bundan tashqari, turli aviakompaniyalarga tegishli o‘nlab aviaqatnovlar ikki soat va undan ko‘proq vaqtga kechiktirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!