Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Niderlandiyada 200 mingdan ortiq kishi Isroilga to‘liq qurol embargosi joriy etilishini talab qildi

Niderlandiyada 200 mingdan ortiq kishi Isroilga to‘liq qurol embargosi joriy etilishini talab qildi

Niderlandiya poytaxti Amsterdamda 200 mingdan ortiq kishi Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlariga qarshi namoyish o‘tkazdi. Ular mamlakat hukumatidan Isroilga harbiy va moliyaviy yordamni to‘xtatishni talab qildi.

Tasnim News xabariga ko‘ra, namoyishchilar shaharning Muzeypleyn maydonida «Qizil chiziq» shiori ostida to‘plangan. Qizil kiyim kiygan ishtirokchilar G‘azo aholisi bilan birdamlik bildirib, Isroilning harakatlarini qoralagan.

Namoyish qatnashchilari Niderlandiya hukumatini G‘azodagi urush jinoyatlariga sheriklikda ayblab, mamlakat soliq to‘lovchilarining mablag‘lari Isroilni qo‘llab-quvvatlashga sarflanishiga chek qo‘yishni talab qilgan.

Shuningdek, ular Isroil bilan tuzilgan barcha harbiy shartnomalarni bekor qilish va mamlakatga to‘liq qurol embargosi joriy etishga chaqirgan. Namoyishda «Genosid uchun pul yo‘q» degan yozuvlar tushirilgan plakatlar ham ko‘tarilgan.

Kiritildi: 17:37 09.11.2026. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik